Xabar
1. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 12:56
25-may so'ngi qo'ng'iroqga bag'ishlangan she'rlar.
2. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 12:58
Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom,
Yuragimdan chiqar dil izxorlarim.
Opalarim akalarim ketishar bu kun,
Chunki chalinmoqda so'ngi qo'ng'iroq.
3. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 12:59
Biz sinfdosh bo'ldik,
sinfdoshmas dildosh bo'ldik,
Naxot bugun endi begona bo'ldik,
Seni sog'inaman aziz sinfdosh.
Maktab yillarimiz o'tdi birma-bir,
O'tdi kun fasllar,o'tdi kun-oylar,
Bugun sog'inchdan otadi tonglar
tongdan sog'inaman seni sinfdosh.
To'g'risi ranjitgan kunlarim bo'ldi,
Shu kun bedorli tunlarim bo'ldi,
sog'inchim, iztirobibi o'ylarim bo'ldi,
yig'lab sog'inaman seni sinfdosh.
Yillar o'tib ko'rib oqar ko'z yoshlar,
endi ayro bo'ldi o'shal dildoshlar,
nahot endi begonadir o'sha sirdoshlar,
harvaqt sog'inaman seni sinfdosh.
Qara, oxirgi bor darsda birgamiz,
oxirgi bor birga tanaffus kutib,
o'tiribmiz jimgina dardlarni yutib,
dardli sog'inaman seni sinfdosh.
So'nggi qo'ng'iroq ham chalinar asta,
ko'zda mayusligu, qo'lda guldasta,
maktab yillarimiz o'tdi bir pasta,
har vaqt sog'inaman SENI SINFDOSH!!!!
4. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 13:00
Bahorning so'ngi kunlari.
Tugayotgandek bolalik chog'lari.
Yaqinlashmoqda ayrilish damlari.
Chalinmaytur so'ngi qo'ng'iroq.
Sinfdoshlarim bilan yana biroz qolay.
Uztozlarga rahmat aytishga ulgurib olay.
Qadrdon maktabim bilan hayrlashib olay.
Biroz chalinmaytur so'ngi qo'ng'iroq.
Nahot sinfdoshlarni endi ko'raman kamroq.
Nahot maktabga kelaman endi ozroq.
Sinfdoshlarni maktabni unutmiman biroq.
Chalinmaytur so'ngi qo'ng'iroq.
Maktabim sen menga eng aziz koshanasan.
Bugun o'tib o'tmishga aylanasan.
Eh Barno maktabni hali ko'p sog'inasan.
Biroz chalinmaytur so'ngi qo'ng'iroq.
Shu chog' hayolimni buzib.
Sinfdoshlarni bir biridan ayirib.
Maktab hovlisidan uchirib quvib.
Jaranglab cholinadi songi qo'ng'iroq....
5. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 13:02
Xayr maktabim
Orzuga yoyib o'tgan damlarni,
Ketamiz eslab baxtli onlarni.
Senda o'tdi baxtli kunlarim,
Xayr endi jonajon maktabim!
Bir kuni kelarman maktabim kut,
Mening yomonliklarim bo'lsa unut.
Sening ostonangdan ketsamda yiroq,
Qalbim qolar sen bilan uzoq.
Senda o'rgandim o'qish yozishni,
Qanday she'r yozib shoir bo'lishni.
ARMON ENDI U PARTALARDA O'TIRISH,
ARMON ENDI DO'STLAR BILAN SHU YERDA QOLISH!
6. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 13:10
Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Deydilar, ustoz jabri — ota mehridan afzal,
Shogirdlarning iqboli — ustoz jabriga badal,
Navoiy demish, kasbni egallagil mukammal,
Saodatning kaliti, bilgilki, ilmu amal,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Ustoz ko‘rmaganlarning yo‘rg‘alashdir odati,
Ezgu bo‘lsin har kimning so‘zi, sa’yi, niyati,
Kam ye, kam de, kam uxla — ustozlar nasihati,
Nechog‘ buyukdur ustoz kalomining qudrati.
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida,
Haq olinur, berilmas — Behbudiy sabog‘ida,
Oqilxonning siymosi «Alifbo» varog‘ida,
Ustozlar iydin yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Mirza QAYNAROV,
faxriy o‘qituvchi.
Sardoba tumani
7. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 13:51
Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.
8. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 13:57
Bugun maktab ostonasin hatlab
so'nggi bor
To'qqiz yillik bolalikka yasaysiz
yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo'lar
maktabda,
Chalinadi eng oxirgi
qo'ng'iroq bu kun.
Bilmaman, balki
joningizga tekkan bu jarang
Balki bezor bo'lgandirsiz
darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir
tarang,
Lekin o'tgan maktab davrin
unutmang aslo!
Axir oson bo'lmagandir 9 yil
kutmoq,
Bekor sarf
bo'lmagandir 9 yil umr.
Oson
bo'lmas ustozlarning etagin
tutmoq,
Barchasining o'z gashti
bor, qilingiz sabr.
Balki sizga
unut bo'lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo'ygan
jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar,
quvonchga to'lib
Kutgandinglar chalinishin ilk
qo'ng'iroq.
Alifboni tanimagan
sofdil qizaloq Katta bo'lib
onasiga berar maslaxat.
Darsdan
qochib bezor qilgan bir
shalpangquloq Bugun endi
o'zimizga qilar nasixat.
9 yilda
9 mingta quvonchu-tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan
ketmaydi albat. Sinfdoshlik bog'i
ichra ochildi do'stlik,
Kimlargadir
nasib bo'ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot
darsini,
Vazifani ko'chirmoqqa
bo'lmaydi imkon.
Kundalikka
qo'yilmaydi "2" baxolar,
Biling
endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo'lolmaysiz endi
partadosh,
Endi sirdosh
bo'lolmassiz, unutmang biroq:
Do'stlaringiz bir umrga bo'lar
yelkadosh,
Do'stlik uchun
chalinmaydi so'nggi qung'iroq.
9. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 14:06
Maktab dargohini tark etib ketish,
Men uchun azobdir bu axir azob.
Yuragimni ezar og'ir bir qiynoq,
Chunki chalinmoqda
so'ngi qo'ng'iroq.
so'nggi qo'ng'iroq ham
chalinar asta,
ko'zda mayusligu, qo'lda
guldasta,
maktab yillarimiz o'tdi bir
pasta,
har vaqt sog'inaman SENI
SINFDOSH!!!!
maktab yillarimiz o'tdi
birma-bir,
o'tdi kun fasllar,o'tdi kun-
oylar,
bugun sog'inchdan otadi tonglar tongdan sog'inaman seni
sinfdosh
10. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 14:17
Ko'zimdan qalqiydi
quvonch yoshlarim,
Maktab dargohini tark
etar bu kun.
Yangi hayotga ham
qo'yishar qadam,
Chunki chalinmoqda
so'ngi qo'ng'iroq.
11. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 15:02
Dillarni titratib so'ngi
qo'ng'roq,
Maktab dargohidan
qiladi yiroq.
Ustozlarim ko'zidan
tirqiraydi yosh,
Chunki chalinmoqda
so'ngi qo'ng'iroq
12. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 15:05
Tóxtab qolsin soat millari,
Chalinmasin sónggi qòng'iroq.
Ortda qolar shóxlik yillari,
Chalinmagin sònggi qóng'iroq.
Naxot boshqa,boshqa yólimiz,
Xomush tortib yig'lar dilimiz.
Ketar chog'i ortda kózimiz,
Chalinmagin sónggi qóng'iroq.
Sizni unutmaymiz birinchi Ustoz!
Birinchi qadamim esimda-ku oz.
Sizni qadrlaymiz sizgadir e'zoz,
Qalinmagin sònggi qóng'iroq.
Shòxliklar qilardim hammasan kóproq,
Haliyam qumsaydi yuragim muahtoq.
Xuddi tushdek ótgan damlarim,
Chalinmagin sònggi qòng'iroq.
Bir oiladek jambuljam edik,
Yillar ótdi tarqadik ketdik.
Endi mehr qadriga yetdik,
Chalinmagin sònggi qóng'iroq.
Sog'indim sinifdosh sirdoshlarimni,
Kòzlari chaqnagan dildoshlarimni.
Jim turib eslayman xotiralarni,
Chalinmagin sònggi qóng'iroq.
Yangi hayot yangi yòllarga,
Qadam qòydik boshqa yóllarga.
Yoshlik xotirasi Shamshod Safarga!
Chalinmagin sónggi qóng'iroq.
Muallif:Shamshod Safar!
13. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 15:06
qaniydi osmonda bulut bo,lsaydim
samoga yozardim oppoq ishqiy xat
o,qib quvonganingni, bir bor ko,rsaydim
yomgirday, bir yog,ib o,tgan muxabbat
DUNYOLARGA
TENG,QALBLARDA
TITROQ
ENG OXIRGI, ENG
SO’NGI QO’NG’IROQ
Tilagim buyuk baxt egasi bo'ling,
Xayotning eng ulug' insoni bo'ling.
Sizni eslab kozimga keladi yosh,
Menga qadirdon aziz SINFDOSH.
14. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 15:10
Bu oqshom osmonda yulduz yig'laydi
Ko'k aro to'lin oy unsiz yig'laydi
Majnuntol yonida maktab bog'ida
Yurakda dard bilan bir qiz yig'laydi
Bunchalar yuraklarga solasan titroq chalinmay qo'yaqol
''So'nggi qo'ng'iroq''
15. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 15:17
Hayot yöli tekismas
Sarg'aygan yaproq kökarmas
Daryodagi suvni töhtatib bölmas
Hech qachon bevafo vafoli bölmas
Parchalangan yurakni yangilab bölmas
Dardinga döstingdan boshqa dartkash bölolmas
Dunyodan köz yumgan odamni tiriltirib bölmas
Oliy hakam vaqtni ham töhtatib bölmas
Yoshligim ham ortga qaytmas
Sevgan yorimdek hech kim bölolmas
Örnini ham hech kim bosolmas
Bu dunyoda sevmagan odam bölmas
Hech kim mendek sevishga qodir emas
Döstimni ham örnini hech kim bosolmas
Yomg'ir qancha yog'sa ham men uchun hechnarsa bölmas
Hech qachon lochin va sichqon birga yasholmas
Qalb sevganda aldovni bilmas
Yurakni ezilmagan kuni bölmas
Soat ham orqaga aylana olmas
Döst uchun hech narsa yov böla olmas
Meni sevgim endi umuman bölmas
Chunki parchalangan yuragim tiklanib bölmas
Közyoshlar endi hech narsa bölmas
Bu közyoshlar yomg'ir emas
Buning bariga hech narsa sabab bölolmas
Allohning vasliga hech narsa teng emas
Meni hayotim afsuski bunday bölmas
Bu sherlarimni hali hammasi emas!
16. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 15:23
Ba'zinxor Ko'rmayin, Kuzlaringda yosh.
Sen uchun porlasin, Ko'klarda quyosh.
Ayriliq ko'nglimda buldi og'ir tosh.
Baxtli bul bir umr aziz Sinfdosh...
Endi senga Utgan kunlar xayoldir,
U kunlar xotira bizga Yodgordir.
Qaydasan Sinfdosh dilga savoldir.
Baxtli bul Bir umr Aziz Sinfdosh.
Umid deb atalmish guling sunmasin.
Yurakda orzuying, bevaqt o'lmasin.
Shu qaro kuzlaring, Xech nam bulmasin.
Omon bul bir umr aziz SINFDOSH
17. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 15:25
Mana vaqt ötib ketganini bilmay qolibmiz
Ön birinchi sinfga ham kelib qolibmiz
Kechagina maktabga ilk bor qadam qöygandik
Ösha kunlarni ham qadriga yetmadik
Endi esa bu kunlar biz uchun qadirli böldi
Men uchun esa qochgan darslarim armon böldi
Bu kunlarni hech qachon unutmiman
Söngi yillarni ötishini istamiman
Bularni bari endi kech
Sinfdoshlar ham ayrilgisi kelmaydi hech
Men uchun vaqt ötishi böldi birpasta
Negadir yuragim ham bölgandi hasta
Bu sinfda kimnidir dilini og'ritdim
Yana kimlarnidir behuda ranjitdim
Shuning uchun yuragim juda qiynalmoqda
Endi esa hamma sinfdoshlar ayrilishmoqda
Qizlarni közidan asta yosh yumalar
Bollarni esa jiddiylik qamrab olar
Mana bitirmoqdamiz shu orzu qilgan maktabni
Ancha yillar ötsa ham unutmayman sinfdoshlarni
Sinfdoshlar bilan zora ahil bölib
Söngi yilni urush janjalsiz ötkazsak
Ahir bir birimizga g'animat bölsak
Endi bir birimizni birdek köraylik
Maktabni bitirsak ham bir birimizdan habar olaylik!
18. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 15:27
Quvonchlarim cheksiz, biroq, ayriliqdir og'irroq
Yuraklarga larza solar, har on so'nggi qo'ng'iroq...
Ey, chalg'uvchi qo'ng'iroqni - chala qolgin jo'shqinroq....
Qayda bo'lsak - esda bo'lsin, hayhot so'nggi qo'ng'iroq!
Vatan mehri ulgaytirdi, oq yo'l bering bizlarga,
Ta'zim ila rahmat deymiz, jon ustozlar sizlarga..
Ey, chalg'uvchi qo'ng'iroqni - chala qolgin jo'shqinroq....
Qayda bo'lsak - esda bo'lsin, hayhot so'nggi qo'ng'iroq!
19. Chelsi [1555] [off]
24.05.2017 / 15:29
Xayr maktabim
Orzuga yoyib o'tgan damlarni,
Ketamiz eslab
baxtli onlarni.
Senda o'tdi baxtli kunlarim,
Xayr endi jonajon maktabim!
Bir kuni kelarman maktabim kut,
Mening yomonliklarim bo'lsa unut.
Sening ostonangdan ketsamda yiroq,
Qalbim qolar sen bilan uzoq.
Senda o'rgandim o'qish yozishni,
Qanday she'r yozib shoir bo'lishni.
ARMON ENDI U PARTALARDA O'TIRISH,
ARMON ENDI DO'STLAR BILAN SHU YERDA QOLISH!
20. yopildibupirofi [761] [off]
24.05.2017 / 19:08
Bahor gulin maqtab ket bir laxzaga maftun et meng wuxchan sinifdowlar xotiramdan kulib uti endi bildim nima buldi gulochilb albata sunar

Weplog.topStatok.netuzbektop.runewstats.top