Рубрика: Eng so’ngi texnalogiya yangiliklari

Xiaomi «flagmanlar qotili» deb nomlanayotgan yangi smartfonini namoyish etdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi jurnalistlar nisbatan arzon narxi uchun «flagmanlar qotili» deb atayotgan Redmi K20 Pro smartfonini namoyish etdi, deb xabar berdi Phone Arena portali. Smartfon Qualcomm kompaniyasining kuchli Snapdragon 855 protsessori bilan jihozlangan. Galaxy S10, OnePlus 7 Pro va LG G8 ThinQ smartfonlariga ana shu protsessor o‘rnatilgan. Smartfonning bazaviy versiyasi 6 Gb tezkor va 64 […]

Yuqori texnologiyalar sohasida nega orqada qolyapmiz?

Bizning asosiy muammomiz Jamiyatda liberal-demokratik prinsiplarning yo‘qligi – bu birinchi va asosiy muammo! G‘arbda odamlar shunday o‘ylaydilar: “qonun tomonidan taqiqlanmaganmi, demak mumkin”, va shundan kelib chiqib o‘z manfaatlarini himoya qiladilar. Bizda esa bu masalaga boshqacharoq yondoshiladi: “Ruxsat berilmaganmi, demak qonun tomonidan taqiqlangan!”. “Orel i reshka” ko‘rsatuvidagi no photo, no video esingizdadir!? Ko‘chada, binolar oldida, xiyobonlarda, […]

Huawei’ga qarshi dunyo, internet biznesida o‘zini sinab ko‘rayotgan Ilon Mask va «Yandeks»dan yangilik

Yakunlanib borayotgan hafta davomida texnologiya va biznes olamida bir-biridan qiziqarli, ayrim hollarda tahdidli o‘zgarishlar yuz berdi. SpaceX va yo‘ldoshli internet Ilon Mask ancha paytdan beri butun dunyoni tezkor internet bilan ta’minlashni istardi. SpaceX kompaniyasi 500 million dollarga moliyalashtirgan Starlink loyihasiga ko‘ra, Yer yuzini uzluksiz internet bilan ta’minlay oladigan to‘lqin qoplama uchun 12 ming dona sun’iy yo‘ldosh […]

SpaceX uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini 60 ta sun’iy yo‘ldosh bilan birga uchirdi

AQShning SpaceX kompaniyasi uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini Starlink loyihasining 60 ta sun’iy   yo‘ldoshi bilan birga uchirdi. Loyiha internet-trafikni uzatish global tarmog‘ini yaratishga mo‘ljallangan. Raketa Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan kosmodromdan mahalliy vaqt bilan 23 may soat 22:30da uchirilgan. SpaceX’da ma’lum qilinishicha, sun’iy yo‘ldoshlar 550 km balandlikka olib chiqiladi.  Raketa dastlab 15 may kuni AQShning […]

Dunyoning eng qimmat brendi ma’lum qilindi

Apple korporatsiyasi 226 mlrd dollar daromad oldi va Forbes jurnali tomonidan tuziladigan, dunyoning eng qimmat brendlari har yilgi reyting natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni egalladi. To‘liq ro‘yxat jurnal saytida e’lon qilingan. 2- va 3-o‘rinlarni 136 mlrd va 110 mlrd dollar daromad bilan Google va Microsoft egallagan. Shuningdek, yetakchi o‘nlikka Amazon, Facebook, Coca-cola, Samsung, Disney, Toyota va McDonald’s […]

Yandeks nimalar bilan hayratlantirmoqda

Rossiya poytaxti Moskva shahrida Yandeks kompaniyasining yillik YaC (Yet Another Conference) anjumani bo‘lib o‘tdi va unda Kun.uz sayti vakillari ham ishtirok etdilar. Asosiy mavzusi “Kelajak detallarda” deb nomlangan bu anjumanda dunyoning eng yirik IT kompaniyalaridan biri bo‘lgan Yandex o‘zining amaldagi va yaqin kelajakda hayotga tatbiq qilinadigan texnologiyalarini taqdim qildilar. Tadbirning o‘ziga xos jihati boshlovchisiz, to‘la-to‘kis […]

«O‘zRTXB» AJ va «COSCOM» MChJ hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolashdi

2019 yil 23 may kuni birja markaziy ofisida «O‘zRTXB» AJ va boshqaruvi raisi Faroxidin Ibragimov va «COSCOM»MChJ (Ucelltm)  bosh direktori Vladimir Kravchenko «O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi» AJ axborot tizimida pullik abonent raqamlarini realizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqini beruvchi elektron auksion tashkil etish haqida kelishuv imzolashdi.  «COSCOM»MChJ (Ucell) – bu pullik toifalardagi o‘z mobil raqamlarini […]

«Gigantlar urushi»: Google Xitoydan o‘ch oldi (mi?)

Amerika Qo‘shma Shtatlari Huawei va uning 70ta bo‘linmasini «milliy xavfsizlikka zid faoliyati» uchun “qora ro‘yxat”ga kiritib, Xitoy bilan savdo urushini yangi bosqichga olib chiqdi. Buning oqibatida, Amerikaning Broadcom Limited, Xilinx, Qualcomm va Intel kompaniyalari Xitoy korporatsiyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Ammo eng shov-shuvli xabar sanksiyalarga Google ham qo‘shilganligi bo‘ldi. Huawei gadjetlarida Android yangilanmaydi, keyingi avlod smartfonlari […]

Huawei O‘zbekistondagi AKT yo‘nalishidagi iste’dodlarga noyob imkoniyatni taqdim etmoqda

Toshkent [2019 yil 23 may] Huawei kompaniyasi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda har yillik «Seeds for the Future» loyihasining ishtirokchilarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Ushbu loyiha doirasida o‘zbekistonlik talabalar Xitoyga amaliy stajirovkaga yo‘l oladilar.  Besh yildan buyon Huawei O‘zbekistonda ushbu loyihani amalga oshirib kelmoqda, har yili TATU talabalari Huawei kompaniyasining bosh qarorgohida […]

“Dunyodagi eng xavfli noutbuk” sotuvga qo‘yildi

AQShda Guo O Dong ismli rassom va Deep Instinct kompaniyasi “dunyodagi eng xavfli noutbuk”ni sotuvga qo‘ydi. Noutbukning boshlang‘ich narxi 1,13 mln dollarni tashkil qiladi. Gap shundaki, qurilma o‘zida tarixdagi eng xavfli 6 ta kompyuter virusini saqlaydi. Auksion ortidan esa The Persistence of Chaos maxsus saytida kuzatish mumkin bo‘ladi. Qurilmaga ta’rifda u 2008 yilda ishlab chiqarilgan […]