Internetda shaxsiy web sayt yaratish. Domen ro’yhatdan o’tkazish (2-dars)

Salom hurmatli do’stlar sizlar bilan men blog admini Sardor bo’laman bugungi maqolamda men sizlarga qanday qilib Smartape.ru saytida domen ro’yhatdan o’tkazishni o’rgatmoqchiman umuman olganda domen ro’yhatdan o’tkazish uchun saytlar juda ko’p men bu saytni tanlaganimga sabab oldingi maqolamizda qanday qilib Smartape.ru saytida hosting ochish haqida bo’lgandi shuning uchun men yana sizlarga osonroq bo’lsin deb o’sha saytdan qanday qilib domen ro’yhatdan o’tkizishni o’rgataman. Shunday qilib boshladik!!!

Birinchi navbatda Smartape.ru saytiga kiramiz (agar siz hali samrtape.ru saytida ro’yhtdan o’tmagan bo’lsangiz «Smartape.ru saytida ro’yhatdan o’tish va hosting ochish» haqidagi maqolamga kirib o’rganib olasiz) so’ngra ochilgan sahifadan ko’rsatilgan «Домены» tugmasi orqali o’tib

quyidagi suratda ko’rsatilgan «Регистрация» tugmasi orqali keyingi sahifaga o’tamiz

Ochilgan sahifada ko’rib turganingizdek ko’rsatilgan joyga siz hohlagan domen nomini kiritishingiz kerak

misolda keltirilgandek masalan.ru domenini tekshirib ko’ramiz buning uchun ko’rsatilgan belgilar bo’yicha pastdagi Проверить tugmasini bosib uning bo’sh yoki band ekanini tekshirib ko’ramiz

quyidagi suratda ko’rib turganingizdek bu domen bo’sh ekani haqida belgi chiqdi shunday qilib shu domennni ro’yhatdan o’tkazish uchun ko’rsatigan belgilar yordamida masalan.ru domeniga galochka qo’yamiz va quyidagi Зарегистрировать >> tugmasini bosib ro’yhatdan o’tishga birinchi qadamni tashlaymiz

quyidagi oynada ko’rib turganingizdek birinchi o’rinda biz quyidagi blankalarni tuldiramiz agar siz suratda aniq hech narsani ko’rolmayotgan bo’lsangiz bunga urinib o’tirmang chunki men bundan pastdagi suratlarda misollar orqali ro’yhatdan o’tishni yengillashtirganman

quyidagi suratda ko’rib turganingizdek men hammasini qanday to’ldirishni misollar orqali bajarganman

bu suratda esa shu uzun blankaning o’rta qismi

bu suratda so’ngi qismi bo’lib buni toldirib bo’lgandan so’ng pastdagi Далее >> tugmasini bosib

ochilgan sahifaga o’z hostingingiz serverlarini kiritasiz agar siz shu saytda hosting ochgan bo’lsangiz ko’rsatilgan ikki bo’sh joyga (NS) birinchisiga ns1.smartape.ru ikkinchisiga ns2.smartape.ru larni kiritib quyisida ko’rsatilgan Далее >> tugmasi orqali keyingi sahifaga o’tamiz

bu sahifada esa to’lov hajmi amalga oshiriladi ko’rsatilgandek bir yilga 199.00 rub pulga bir yilga domenni ro’yhatdan o’tkazishimiz mumkin agar siz bu muddatni uzaytirmochi bo’lsangiz shu tugmaga bosib uni o’zgartirishingiz mumkin biz esa shunga bosib quyida ko’rsatilgan В корзину tugmasi orqali davom etamiz

quyidagi suratda esa to’lov amalga oshiriladi buning uchun ko’rsatilgan Оплатить tugmasi orqali pul o’tkazish tizimiga o’tamiz

so’ngi suratda ko’rib turganingzdek bu sahifada pul o’tkazish mumkin bo’lgan hamyonlar sizga taqdim etiladi siz esa bu hamyonlardan o’zingizga eng qulayini tanlab u orqali pul o’tkazasiz

shunday qilib pul o’tkazib bo’lgandan so’ng 5 daqiqadan to 24 soatgacha sizning domeningiz aktivlashadi

Xammaga omad !!!

Bu maqola sizga qanchalar yoqdi?

Baxo qo'yish uchun yulduzchaga bosing!

O'rtacha baxo / 5. Baxolar soni:

Обновлено: 04.06.2019 — 13:25

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *