Pokemon GO qanday o’ynaladi?

Bundan avvalgi maqolamizda sizlarga Pokémon GO o`yini va uni Android va iOS tizimidagi smartfonlarga qanday qilib o`rnatish haqida ma`lumot berib o`tgan edik. Agar siz ushbu o`yinni o`ynashni boshlagan bo`lsangiz ekrandagi ko’p narsalar sizga notanish tuyulishi mumkin. Bugungi maqolamizda Biz sizlarga ularni tushuntirishga harakat qilamiz.

Pokemonlar kimlar?

Yosh avlod vakillari pokemonlar haqida ko`p ma’lumotga ega bo`lmaganligi tufayli avvalo gapni pokemonlar tarixidan boshlasak.

«pokemon» so`zi «Pocket Monster» ingliz so`zlarining birlashmasidan olingan bo`lib, «cho`ntak maxluqi» ma`nosini anglatadi. Ushbu maxluqotlar 1996-yilda Yaponiyada o`ylab topilgan bo`lib, o`yinlar, filmlar va komikslar orqali juda katta mashhurlikka erishgan . Pokemonlar paydo bo’lgandan beri omma ular haqida unita boshlagan bir vaqtda, kutilmagan marka sifatida qayta «tug`ildi».

Eng avvalo Pokémon GO ni qanday o`ynash haqida gaplashib olsak. 20 yil mobaynida pokemonlar olamida bir qancha o`zgarishlar, yozilgan va yozilmagan qonunlar, an`analar paydo bo`la boshladi va ularni bir-biridan ajratish ancha mushkul bo`lib qoldi.

Demak, «cho`ntak maxluqlarining» hozirda 721 turi aniq va ularning 174 tasigina o`yin ichiga kiritilgan. Pokeomlarning har biri o`ziga yarasha hususiyatga ega.

O`yinchining eng birinchi vazifasi ushbu pokemonlarni tutishdir, buni esa sayohatingiz davomida ko`chada amalga oshirish mumkin. Buning uchun smartfoningizdan GPS va mobil internetni yoqib, Pokémon GO ni ishga tushirib, safarga otlanasiz. Sizning barcha harakatlaringiz o`yinning ichki xaritasida namoyon bo`ladi.

Pokemonlarni qanday izlab topaman va qanday tutaman?

Xaritada Pokemonlar joylashgan aniq bir joy ko`rsatilmaydi. Lekin ularning qayerda joylashganini anglatuvchi belgilar paydo bo`ladi. Eng avvalo, xaritada qimirlab turgan o`t va barglarga e`tibor qaratish kerak.

Ekranning o`ng quyi qismida joyashgan indikatordan ko`zingizni uzmang, u yerda sizning atrofingizda mavjud bo`lgan pokemonlar ko`rsatiladi. Yana bir bor qaytaramiz, shunda ham yo`lingizda pokemonlarni uchratishingizga kafolat berilmaydi. Aynan shu hislat o`yinni yanada qiziqarliroq qilishga katta hissa qo`shadi.

Agar siz pokemonni yo`lingizda uchratsangiz uning rasmi ekraningizda paydo bo`ladi. Uni qo`lga olish uchun uning rasmiga bosing so’ngra, uni qo`lga olish oynasi hosil bo`ladi. Ekranning quyi qismida pokebol (qizil-oq shar) hosil bo`ladi. Pokebolni ushlab uni pokemonga qarat oting va uni maxluq ustida ushlab turing.

Tutdim, endi nima qilaman?

Pokémon GO ning asosiy maqsadlaridan biri har bir bo`limga tegishli bo`lgan maxluqlarni tutish hisoblanadi. Sizning barcha to`plamlaringiz sizning «pokedeks» ingizda saqlanadi va sizdan uni to`ldirish talab etiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Pokemonlar nima uchun kerak deysizmi? Ular orqali siz jang musobaqalarida qatnashishingiz mumkin. Har bir maxluqning joni (Hit Points — HP), jang ochkosi (Combat Points — CP) va hujumlari (Moves) mavjud.

Xaritadagi tebranib turgan narsalar nima?

Bu Pokestoplar — pokebollar, pokemon tuxumlari va boshqa qiziqarli narsalarni topish mumkin bo`lgan sirli makonlardir. Odatda ular qiziqarli joylarda, masalan, arxitektura, tarix va madaniyat yodgorliklari yaqinida joylashgan bo`ladi.

Qachonki siz pokestopga yaqinlashganingiz sari u kattalashib boradi va ekranda uning rasmi yumaloq disk ko`rinishida namoyon bo’ladi. Diskni aylantiring va bonuslarga ega bo`ling. Hosil bo`lgan bonuslarni ustiga bosgan holda ularni terib oling.

Katta minoralar nima uchun?

Qachonki siz 5-bosqichga yetganingizda sizdan jamoaga a`zo bo`lishingiz so`raladi. Ana shu minoralar (o`yin terminlariga ko`ra u «gim»lar deb ataladi) jamoa birlashgan joy hisoblanadi. Siz gimlardagi tutilgan pokemonlarni ko`rishingiz mumkin bo`ladi. Buning uchun har bir o`yinchi gimlarga o`zining faqatgina bitta pokemonini joylashtirishi mumkin. Gimlarga qo`yilgan pokemonlarni janglarda sinovdan o`tkazish va mashg`ulot zallarida bosqichni ko`tarishingiz mumkin bo`ladi.

Gimlarning mustahkamligi ortib borgani sari ularni yengish qiyinlashib boraveradi, agar gimning mustaxkamligi nolga teng bo`lib qolsa, u gimni boshqarish jamoa nazoratidan chiqib ketadi va boshqa pokemonlarini joylashtirgan jamoa nazoratiga o`tib ketadi. Shunday tarzda eng kuchli pokemonlarga ega bo`lgan jamoalar yangidan-yangi mashg`ulot zallariga ega bo`lib boraveradilar.

Ushbu o’yin davomida smartfoningizdan chalg’ib yo’l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so’raymiz!

Manba: Texnoman.uz

Bu maqola sizga qanchalar yoqdi?

Baxo qo'yish uchun yulduzchaga bosing!

O'rtacha baxo / 5. Baxolar soni:

Обновлено: 01.06.2019 — 23:10

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *