SpaceX uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini 60 ta sun’iy yo‘ldosh bilan birga uchirdi

SpaceX uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini 60 ta sun'iy yo‘ldosh bilan birga uchirdi

AQShning SpaceX kompaniyasi uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini Starlink loyihasining 60 ta sun’iy   yo‘ldoshi bilan birga uchirdi. Loyiha internet-trafikni uzatish global tarmog‘ini yaratishga mo‘ljallangan.

Raketa Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan kosmodromdan mahalliy vaqt bilan 23 may soat 22:30da uchirilgan.

SpaceX’da ma’lum qilinishicha, sun’iy yo‘ldoshlar 550 km balandlikka olib chiqiladi. 

Raketa dastlab 15 may kuni AQShning sharqiy sohilbo‘yidan uchirilishi kerak edi, biroq start yomon ob-havo sababli qoldirilgan. Keyingi kungi parvoz qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish va sun’iy yo‘ldoshlar dasturiy ta’minotini yangilash zarurati sababli yana bekor qilingandi. 

Manba: Kun.uz

Bu maqola sizga qanchalar yoqdi?

Baxo qo'yish uchun yulduzchaga bosing!

O'rtacha baxo / 5. Baxolar soni:

Обновлено: 02.06.2019 — 12:13

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *